Buxoroda kriptovalyuta orqali qariyb $3 mln ishlab topgan oʻsmir qoʻlga olindi

O‘zbekiston

Buxoro viloyatida yashovchi 17 yoshli oʻsmir litsenziyasiz kriptovalyuta bilan noqonuniy operatsiyalardan 2,6 mln dollar ishlab topgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, barcha mablagʻlar musodara qilingan. Huquqni muhofaza qilish organlari tergovni davom ettirmoqda.

Rasm: Ochiq manbalar

Buxoro viloyati Jondor tumanida litsenziyasiz kriptoaktivlarni sotib olish, oʻtkazish va ayirboshlash bilan shugʻullangan 17 yoshli yigit ushlandi. Millar axborotiga koʻra, uning ushbu operatsiyalardan daromadi 34 milliard soʻmni (taxminan 2,6 million dollarga teng) tashkil etgan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi (kriptoaktivlar muomalasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ishlab topilgan barcha mablagʻlar musodara etildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.