Yangi yil oldidan Raqobat qoʻmitasi chakana savdo tarmoqlariga (jumladan, Korzinka, Makro, Havas, Baraka, Magnum, Assorti, B1 va “Magnit”ga) yetkazib beruvchilar tomonidan narxlarning mumkin boʻlgan oʻzgarishlari va logistika xarajatlari haqida qoʻmitani xabardor qilish toʻgʻrisida koʻrsatmalar yubordi.
Shuningdek, qoʻmita yetkazib beruvchilar tomonidan narxlarning asossiz koʻtarilishi va narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa omillarning oldini olish zarurligini taʼkidladi.
Uchrashuvda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlariga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni barqarorlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, chakana savdo tarmoqlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan bogʻliq tizimli muammolar koʻrib chiqildi.