6-dekabr kuni Oʻzbekiston Milliy avtosport va karting federatsiyasi FIM (Xalqaro mototsikl sporti federatsiyasi)ga qabul qilinganligi haqida federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Ispaniyaning Palma-de-Mayorka shahrida boʻlib oʻtgan FIM Bosh Assambleyasida Oʻzbekiston Milliy avtosport va karting federatsiyasi (MAKF) FIM aʼzosi sifatida rasman tan olindi.
1904-yilda tashkil etilgan Xalqaro mototsikl sporti federatsiyasi 121 ta milliy federatsiyani birlashtiradi va turli sport turlari boʻyicha musobaqalarni boshqaradi. FIMga aʼzolik Oʻzbekistonga xalqaro musobaqalarda ishtirok etish, tajriba almashish hamda mototsikl va avtomobil sportini rivojlantirish imkonini beradi.