Ukraina Rossiya bilan yangi yil arafasidagi tinchlik kelishuvidan voz kechdi — Vengriya bosh vaziri

Dunyo

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya va Ukrainaga asirlarni ayirboshlash va Rojdestvoda oʻt ochishni toʻxtatishni taklif etdi. Biroq Ukraina Rossiya bilan tinchlik kelishuvini qoʻllab-quvvatlamasligini aytib, taklifni rad etdi. Orban oʻzining umidi puchga chiqqanini bildirdi va Vengriya bu taklifni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanganini taʼkidladi.

Rasm: Ochiq manbalar

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya va Ukrainaga Rojdestvo arafasida asirlarni ayirboshlash va oʻt ochishni toʻxtatishni taklif etdi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi. Rossiya ushbu taklifni Ukrainaga yetkazdi, biroq Kreml Ukraina tomoni taklifni rad etgan deb hisoblaydi.

Orban aniqlik kiritishicha, Vengriya Ukrainaga Rojdestvoda Rossiya bilan yarashish va harbiy asirlar almashinuvini tashkil etishni taklif qilgan. Biroq, uning aytishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu taklifni rad etgan.

“Biz qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qildik”, — deb yozdi Orban X ijtimoiy tarmogʻida, tinchlik tashabbusidan voz kechilganidan afsuslanib.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.