Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Yangi yil arafasida shaharning turli hududlarida arzonlashtirilgan narxlardagi yarmarkalar ochildi.
Quyida yarmarkalar joylashgan manzillar roʻyxati keltirilgan:
-
Bektemir tumani — “Qoʻyliq” oziq-ovqat va ulgurji bozorlari;
-
Mirobod tumani — “Mirobod” bozori (“Gospital”);
-
Mirzo Ulugʻbek tumani — “Navroʻz” oziq-ovqat bozori;
-
Sergeli tumani — Sergeli oziq-ovqat bozori;
-
Olmazor tumani — “Qoraqamish” oziq-ovqat bozori;
-
Uchtepa tumani — Farhod oziq-ovqat bozori;
-
Shayxontohur tumani — “Eski Joʻva” oziq-ovqat bozori;
-
Yashnobod tumani — “Aviasozlar” (“Kadisheva”) oziq-ovqat bozori;
-
Yunusobod tumani — “Yunusobod” va “Oloy” oziq-ovqat bozorlari;
-
Yakkasaroy tumani — “Askiya” oziq-ovqat bozori;
-
Chilonzor tumani — “Chilonzor” oziq-ovqat bozori.