“Yunusobod” bozorini qayta qurish loyihasi taqdim etildi

O‘zbekiston

Toshkentda “Yunusobod” bozorini keng miqyosda qayta qurish rejasi ishlab chiqildi. Uning maydoni qariyb besh barobar kengayib, zamonaviy savdo-koʻngilochar markazga aylanadi. Yangi loyiha minglab ish oʻrinlarini yaratadi va tadbirkorlar faoliyatiga xalal yetkazmagan holda, shahar budjetiga tushumlarni koʻpaytiradi.

Toshkentda “Yunusobod” bozorini qayta qurish loyihasi taqdim etildi.

Yangi bozor bir necha hududlarni oʻz ichiga olgan zamonaviy savdo-koʻngilochar va biznes markaziga aylanadi. Uning maydoni qariyb 5 barobar kengaytiriladi, metro va yerusti transporti bilan qulay bogʻlanishi natijasida tumandagi 360 mingdan ortiq aholining kelishi taʼminlanadi.

Turkiya va Singapur meʼmorlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha 4-5 ming yangi ish oʻrni yaratishni koʻzda tutadi. Bu shahar budjetiga tushumlarni oshirishga yordam beradi. Qayta qurish ishlari tadbirkorlarga zarar yetkazmagan holda amalga oshiriladi — ularning faoliyati toʻxtatilmaydi.

Mavzuga oid materiallar