Surxondaryoda boʻrilar toʻdasi qishloqlardan birining koʻchasiga chiqdi

O‘zbekiston

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Zaynobod qishlogʻida boʻrilar paydo boʻlgani kuzatildi. Mahalliy ekologiya boshqarmasi bu holat togʻli hududlardagi sovuq ob-havo bilan bogʻliqligini maʼlum qildi. Mutaxassislar aholini xotirjam boʻlishga va hayvonlarga zarar yetkazishga urinmaslikka chaqirdi.

Videodan olingan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanidagi “Marjona” mahallasiga qarashli Zaynobod qishlogʻi koʻchalarida boʻrilar toʻdasi yugurganini aks ettiruvchi video tarqaldi. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi voqeaga izoh berib, video 7-dekabr kuni kechqurun suratga olinganini maʼlum qildi.

Idora maʼlumotlariga koʻra, aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarning paydo boʻlishi togʻ va togʻ oldi hududlaridagi sovuq ob-havo bilan bogʻliq. Aholi xotirjam boʻlishga va hayvonlarga mustaqil ravishda zarar yetkazishga urinmaslikka chaqirildi.

Yovvoyi hayvonlar aniqlangan taqdirda Sariosiyo tumani ekologiya inspeksiyasi yoki tuman ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.