2025-yil 1-yanvardan Toshkentda jamoat transporti qimmatlashadi

O‘zbekiston

1-yanvardan jamoat transporti toʻlovlariga oʻzgartirishlar kiritiladi. Yangi yildan boshlab Toshkent shahar jamoat transportida bitta qatnov narxi 3 ming soʻmgacha, elektron toʻlovda esa 1 ming 700 soʻmgacha oshiriladi. Shuningdek, naqd pul qabul qilish bekor qilinadi va yoʻlovchilarga yoʻl haqini toʻlash uchun terminallar orqali bir martalik chiptalar taklif etiladi.

Foto: “Взгляд.uz”

2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida jamoat transportida yurish uchun yangi tariflar kuchga kiradi. Shahar hokimining qaroriga koʻra, bitta sayohat narxi 3 000 soʻm (hozirda 2 000 soʻm), elektron tizimlar orqali toʻlov — 1 700 soʻmni tashkil etadi. Bundan tashqari, bagajni tashish narxi 4 000 soʻm etib belgilanadi.

Ikki, besh va yetti kun davomida amal qiladigan koʻp martalik tarif rejalari ham joriy etildi.

Taʼkidlash joizki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahar avtobuslarida naqd pul qabul qilish toʻxtatiladi. Yoʻlovchilar faqat avtobus bekatlari va ularning atrofida oʻrnatiladigan toʻlov terminallari (Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari) orqali bir martalik chipta sotib olib, yoʻl haqini naqd pul bilan toʻlashlari mumkin boʻladi.

Mavzuga oid materiallar