SberDevices fitnes-treker vazifasini bajaruvchi Rossiyadagi ilk aqlli uzukni taqdim etdi. Qurilma ixcham va qulay shaklda boʻlib, Oura, Samsung Ring va Amazfit kabi oʻxshash mahsulotlarni eslatadi.
Sber uzugi asosiy koʻrsatkichlarni oʻlchash uchun sensorlar bilan jihozlangan: yurak urishi, tana harorati, qondagi kislorod darajasi va harakat. Bunday shaklning afzalligi soat va bilaguzuklarga nisbatan teriga yaxshiroq yopishishi boʻlib, bu yanada aniqroq oʻlchov natijalarini taʼminlaydi.
Toʻplangan maʼlumotlar GigaChat MAX sunʼiy intellekt tizimi yordamida qayta ishlanadi va ularga maxsus ilova orqali kirish imkoniyati beriladi.
Uzuk yetti kungacha zaryadlanmasdan ishlaydi. U kelgusi yil boshida sotuvga chiqariladi va uch xil rangda (qora, kumushrang, tilla rang) hamda sakkiz oʻlchamda (6 dan 13 gacha) mavjud boʻladi. Narxi hozircha eʼlon qilinmagan.