Isroil Suriyaning janubi-gʻarbidagi El-Kuneytr viloyatidagi yana ikkita qishloqni bosib oldi, u yerga Baas rejimi agʻdarilgandan keyin bostirib kirdi.
Gap Marriye va Kodana qishloqlari haqida bormoqda. Isroil harbiy-havo kuchlari Kodanaga bostirib kirishidan oldin fuqarolarni uyda qolishlari kerakligi haqida ogohlantirgan varaqalarni tashladi.
Matnda, shuningdek, mintaqadagi toʻqnashuvlar Isroil armiyasini harakatga oʻtishga “majbur qilgani” aytiladi.
Isroilning Suriya hududini bosib olishi va hujumlari
27-noyabr kuni Suriyada Asad rejimiga qarshi kurashuvchi qurolli guruhlar va Bashar Asad kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar kuchaygan.
8-dekabr kuni muxolifat guruhlari Suriya poytaxti Damashq ustidan nazorat oʻrnatdi va 61 yillik “Baas” rejimi quladi. Shu bilan birga, Isroil armiyasi Suriya hududiga hujum boshladi.
Isroil Bashar Asad rejimi armiyasidan qolgan harbiy infratuzilma va resurslarga eʼtibor qaratdi.
Isroil armiyasi Suriya hududlari tarkibiga kiruvchi Golan tepaliklarida okkupatsiyani kengaytirdi.
Golan tepaliklari atrofidagi bufer zonasiga kirgan Isroil qoʻshinlari okkupatsiyani davom ettirdi va Damashqdan 25 km uzoqlikda qoldi.
Isroil 1967-yildan beri Golan tepaliklarini bosib olgan. Bufer va demilitarizatsiya zonasi chegaralari 1974-yilda Isroil va Suriya oʻrtasida imzolangan qoʻshinlarni olib chiqish toʻgʻrisidagi bitim bilan belgilangan.