Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 15 nafar bola Rossiyadan Oʻzbekistonga qaytib keldi. Bolalarni repatriatsiya qilish Oʻzbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi koʻmagida amalga oshirildi.
Dastlab mutaxassislar Rossiyaning oltita hududidan oʻn nafar bolani qaytarish boʻyicha ishlarni boshladilar. Keyinroq oʻtkazilgan surishtiruv davomida yana besh nafar bola vatanga qaytishga muhtoj ekani maʼlum boʻldi. Bu jarayonda Oʻzbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari ham ishtirok etdi.
Oʻzbekistonga kelgan 10 nafar bola voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga yuborildi. Qolgan besh nafar bola Toshkentdagi bolalar uyiga vaqtincha joylashtirildi.