Oʻzbekiston Rossiyaga toʻgʻridan-toʻgʻri meva-sabzavot eksportini rekord darajada oshirdi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston 2024-yilning dastlabki 10 oyida Rossiyaga toʻgʻridan-toʻgʻri meva-sabzavot eksportini rekord darajada oshirdi. Xususan, Oʻzbekiston xorijga qiymati $1,235 mlrd boʻlgan 1,7 mln tonnaga yaqin meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berdi.

2024-yilning 10 oyi davomida Oʻzbekiston xorijga qiymati $1,235 mlrd boʻlgan 1,7 mln tonnaga yaqin meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berdi, deb xabar berdi Statistika agentligi.

Shu jumladan:

  • Rossiyaga — 539,6 mln dollarlik 712,4 ming tonna

  • Qozogʻistonga — $164,7 mln uchun 466,9 ming tonna

  • Qirgʻizistonga — 133,3 ming tonna, $50,8 mln

  • Pokistonga — 163,9 mln dollarlik 110 ming tonna

  • Xitoyga — 64,9 mln dollarlik 74,5 ming tonna

  • Afgʻonistonga — 52,2 ming tonna, 101,1 mln

  • Turkiyaga — 19,2 ming tonna, $33,9 mln

  • Belorussiyaga — 15 mln dollarlik 18,2 ming tonna

  • Ozarbayjonga — 14,9 mln dollarlik 8,2 ming tonna

  • boshqa davlatlarga — 86,1 mln dollarlik 103,1 ming tonna

Mavzuga oid materiallar