Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiga yangi prezident saylandi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga Shavkat Ayupov saylandi. Shavkat Ayupov fizika-matematika fanlari doktori, Oliy Majlis Senati aʼzosi va Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti etib Ayupov Shavkat Abdullayevich saylandi. Bu haqda bugun, 16-dekabr kuni akademiyada tashkilot rahbarini saylashga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Shavkat Ayupov 1952-yilda tugʻilgan, fizika-matematika fanlari doktori, shuningdek Oliy Majlis Senati aʼzosi hisoblanadi. U 2021-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Eslatib oʻtamiz, Fanlar akademiyasining sobiq rahbari Behzod Yoʻldoshev 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etgan edi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.