Online Service Index maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston Internet orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining mavjudligi va sifatini baholovchi onlayn xizmatlar indeksi boʻyicha dunyoning eng yaxshi oʻntaligiga kiradi.
Qozogʻiston koʻrsatkichi raqamlashtirishning yuqori darajasidan dalolat beradi. Tabiiy monopoliya subyektlarini muhandislik tarmoqlariga ulash uchun texnik shart berish jarayonini avtomatlashtirish bunga yaqqol misoldir. Gap kommunal xizmatlarga ulanishda shaffoflikni taʼminlash haqida ketmoqda.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari quyidagi tartibda joylashgan:
Oʻzbekiston — 59-oʻrin;
Qirgʻiziston — 89-oʻrin;
Tojikiston — 130-oʻrin;
Turkmaniston — 172-oʻrin.