Ikkita videoklipni tayyorlash uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Revision” MCHJ bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jami 360 million soʻm mablagʻ sarflandi. Bunga “Revizor” Telegram kanali eʼtibor qaratdi.
Qayd etilishicha, videoroliklarning davomiyligi atigi 6:30 va 6:16 daqiqani tashkil etadi.
Qayd etish joizki, kuni kecha “Взгляд.uz” tahririyatiga Angren shahrida yashovchi fuqaro murojaat qilib, uning uch yoshli qizi davlat bogʻchasidan kvota ololmasligini aytgan. Erkak Oʻzbekiston prezidentiga videomurojaat yoʻlladi. Uning soʻzlariga koʻra, bolalar bogʻchasiga navbatlar tobora koʻpaymoqda.
Shu bilan birga, vazirlik davlat bogʻchalari qurish va xususiy maktabgacha taʼlim muassasalariga borish imkoniyatiga ega boʻlmagan bolalar uchun kvotalarni oshirish oʻrniga qisqa videolarga katta pul sarflamoqda.