Toshkent metropoliteni bir millioninchi yoʻlovchini taqdirladi

O‘zbekiston

16-dekabr kuni Toshkent metrosi birinchi marta bir ish kunida million yoʻlovchini tashidi. Omadli yoʻlovchi poytaxtlik Kozim Sohibov boʻlib, unga metrodan bir yil bepul foydalanish imkoniyati taqdim etildi.

Surat: Videodan olingan kadr / Toshkent metropoliteni matbuot xizmati

Dushanba, 16-dekabr kuni Toshkent metrosi bir kun ichida birinchi bor million yoʻlovchini tashidi. Bu haqda poytaxt metrosi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu chegarani bosib oʻtgan yoʻlovchi poytaxtlik Kozim Sohibov boʻldi. “Chinor” bekati boshligʻi Abdurahmon Abdugʻafforov unga mukofot — esdalik sovgʻa va Toshkent jamoat transportida bir yil davomida bepul yurish huquqini beruvchi transport kartasini topshirdi.

“Chinor” bekati atrofida yashovchi Kozim Sohibov bu mukofot uning uchun kutilmagan sovgʻa boʻlganini tan oldi. U “Tuzel” bekati hududidagi ishiga borish uchun har kuni metrodan foydalanishini aytdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.