Rossiyada Rostov shahri nomi oʻzgartiriladi

Dunyo

Davlat Dumasi Rostov shahrining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonunni tasdiqladi. Qaror 17-dekabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qilindi. Taʼkidlanishicha, yangi nom shaharning tarixiy ahamiyatini aks ettiradi.

Davlat dumasi Yaroslavl viloyatidagi Rostov shahrining nomini Buyuk Rostov deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonunni tasdiqladi. Qaror 17-dekabr, seshanba kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qilindi.

Tarixiy nomni qaytarish tashabbusi mahalliy aholi tomonidan bir necha bor ilgari surilgan, deya xabar berdi Yaroslavl viloyati vakillari. 2023-yilda shaharda 13 922 nafar aholi oʻrtasida soʻrov oʻtkazildi, shundan 13 854 nafari qayta nomlash gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi. Bu 14 yoshdan oshgan aholining 58 foizini tashkil qiladi.

Taʼkidlanishicha, yangi nom shaharning tarixiy ahamiyatini aks ettiradi. XII asr yilnomalarida Rostov Buyuk deb tilga olingan va XIV-XV asrlarga oid Ipatiyev yilnomasida ham “Buyuk Rostov” haqida maʼlumotlar mavjud.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.