Rossiya Davlat dumasi “Tolibon”ni terroristik tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish imkonini beruvchi qonunni qabul qildi

Dunyo

17-dekabr kuni Davlat dumasi ayrim tashkilotlarni Rossiyada terroristik va taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish imkonini beruvchi qonunni maʼqulladi. Hujjatga koʻra, terrorchilik tashkiloti maqomini olib tashlash bosh prokuror yoki uning oʻrinbosarining daʼvosi asosida sudning qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

17-dekabr kuni Davlat dumasi ayrim terroristik tashkilotlarni Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish imkonini beruvchi qonunni maʼqulladi. Qonun birdaniga ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, terrorchilik tashkiloti maqomini olib tashlash bosh prokuror yoki uning oʻrinbosarining daʼvosi asosida sudning qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin. Agar tashkilot terrorizmni targʻib qilish, oqlash yoki qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni toʻxtatganligi toʻgʻrisida dalillar mavjud boʻlsa, bu mumkin.

Qonun loyihasi noyabr oyida Davlat dumasiga kiritilgan va 10-dekabrda birinchi oʻqishdan oʻtgan. Maʼlumotlarga koʻra, qonun “Tolibon” harakatini terroristik tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish maqsadida ishlab chiqilgan. 2024-yil may oyida Rossiya Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi prezident Vladimir Putinga “Tolibon”ni roʻyxatdan chiqarish mumkinligi haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.