Koreya oʻzbekistonlik mutaxassislarni tezyurar temiryoʻllar qurishga oʻrgatadi

O‘zbekiston

Janubiy Koreya kompaniyasi Oʻzbekistonda tezyurar temiryoʻl qurilishi uchun texnik-iqtisodiy asoslash rejasini ishlab chiqmoqda. Tezyurar magistral loyihasi 2026-yil bahorigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida Janubiy Koreya tomoni temiryoʻl qurilishi sohasida oʻzining ilgʻor texnologiyalarini Oʻzbekistonga taqdim etish niyatida.

Foto: habr.com

Janubiy Koreya kompaniyalari Oʻzbekistonda tezyurar temiryoʻl qurilishi uchun texnik-iqtisodiy asoslashni (TIA) ishlab chiqishga kirishdi, deb xabar bermoqda Yonhap.

Koreya milliy temiryoʻl korporatsiyasi (KORAIL) “Saman” va “Dongmeong Technology Corporation” kompaniyalari bilan birgalikda 2026-yil bahorgacha Toshkent va Samarqandni bogʻlaydigan tezyurar magistral loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Loyiha doirasida Janubiy Koreya tomoni temiryoʻl qurilishi sohasida oʻzining ilgʻor texnologiyalarini Oʻzbekistonga taqdim etish niyatida.

Yangi temiryoʻl yoʻnalishlarini yaratish tashabbusi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 25-sentyabr kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi yigʻilishida ilgari surilgandi. Yangi liniyalar Toshkent, Samarqand, Navoiy va Buxoroni bogʻlashi kutilmoqda, bu esa yoʻldagi vaqtni qisqartiradi va mamlakatning asosiy shaharlari oʻrtasidagi aloqani soddalashtiradi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.