Leyli Seitova Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri etib tayinlandi.

Seytova Leyli Poʻlatovna 170-yil 23-iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida tugʻilgan.

1992-yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini “iqtisodchi” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Biroz vaqt oʻtgach, oʻsha yili u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligining bosh mutaxassisi boʻlib ishlay boshladi.

1993-1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy banki Qoraqalpogʻiston filialida yetakchi mutaxassis boʻlib ishlagan.

1994-yildan 1998-yilgacha Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining aspirantasi boʻlgan. 1998-1999-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

1999-2005-yillarda Nukus qishloq xoʻjaligi kolleji direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2006-2007-yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Biznesni boshqarish” kafedrasi dotsenti.

2007-yilda katta inspektor, keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Gʻaznachilik boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan va u yerda 2015-yilgacha ishlagan.

2015-yildan 2017-yilgacha Xoʻjayli tumani gʻaznachilik boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2017-yildan buyon Layli Poʻlatovna Nukus tumani moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda.

Bundan tashqari, Seitova Oʻzbekiston Ekologik partiyasi deputati hisoblanadi.