Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Oʻzbekkosmos) yil boshidan buyon kosmik monitoring orqali qattiq maishiy chiqindilar uchun 1928 ta noqonuniy poligonlarni aniqladi.
Ularning umumiy maydoni 720,7 gektarni tashkil etgan. 123 ta holatda 255,5 gektar maydondagi mavjud poligonlar chegaralarining buzilishi haqida soʻz yuritildi, umumiy maydoni 465,2 gektar boʻlgan qolgan 1805 ta obyekt alohida ruxsat etilmagan chiqindixonalar hisoblanadi.
Eng koʻp qoidabuzarliklar Toshkent viloyatida aniqlangan — umumiy maydoni 98,6 gektar boʻlgan 363 ta noqonuniy poligon. Ikkinchi oʻrinni 63,2 gektar maydondagi 243 ta obyekt bilan Qoraqalpogʻiston egalladi.
Chiqindixonalar egallagan maydonlarning eng katta miqdori Navoiy viloyatiga toʻgʻri keldi - 112,4 gektar (jamiga nisbatan 15,6%) va 216 ta obyekt. Shuningdek, noqonuniy poligonlar Buxoro (92 oʻrin, 91,7 gektar) va Qashqadaryo (81 oʻrin, 79,3 gektar) shaharlarida ham katta maydonlarni egallagan.