Rossiya Qurolli kuchlari radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari boshligʻi general Igor Kirillovni oʻldirishda gumon qilinayotgan Oʻzbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonovga nisbatan uchta modda boʻyicha ayblov eʼlon qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, rossiyalik general Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpov 17-dekabr kuni ertalab Moskvaning Ryazan prospektidagi turar-joy binosi eshigi oldida turgan samokatga oʻrnatilgan portlovchi qurilma ishga tushishi natijasida halok boʻlgan.
Qurbonovga Rossiya Jinoyat kodeksining uchta moddasi - 105, 205 va 222-moddalari (qotillik, terrorchilik harakati, qurol va oʻq-dorilarning noqonuniy aylanishi) boʻyicha ayblov eʼlon qilindi.