Oʻzbekiston 2025-yilda 40 mlrd dollardan ortiq investitsiyalarni oʻzlashtirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston

2025-yilda Oʻzbekiston 300 dan ortiq yirik loyihalarni ochish imkonini beradigan 43 milliard dollarlik investitsiyalarni oʻzlashtirishni rejalashtirmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni 2024-yilda investitsiya sohasidagi ishlar yakunlari va 2025-yilga moʻljallangan vazifalar boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston 2025-yilda 43 milliard dollarlik investitsiyalarni oʻzlashtirishni rejalashtirmoqda.

Mablagʻlar 300 dan ortiq yirik loyihalarni ochish va import analoglari bilan raqobatlasha oladigan 660 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Taʼkidlanishicha, 2017-yildan buyon Oʻzbekiston iqtisodiyotiga barcha manbalardan $188 milliard investitsiya jalb qilingan boʻlib, shundan $87 milliardini xorijiy investitsiyalar tashkil etgan. Bu investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 30 foizdan oshirish imkonini berdi va barqaror iqtisodiy oʻsishga asos boʻldi.

2030-yilga borib respublika yillik eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.

Ayni paytda 1 ming 890 loyiha ustida ish olib borilmoqda. Ularni jadallashtirish uchun masʼul rahbarlar belgilandi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.