“Oʻzbekiston kelajagi yoshlar qoʻlida!”: Saida Mirziyoyeva “mamlakatning zukko yoshlari” bilan uchrashdi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva bir yil davomida mamlakatga turli nufuzli olimpiadalarda 128 ta medal olib kelgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Ularning aksariyati “kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari boʻyicha ustunlik qildi”.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva 19-dekabr kuni Prezident Administratsiyasida yosh “navqiron va bilimdonlar” bilan uchrashdi.

Uning soʻzlariga koʻra, 2023/24 oʻquv yilida mamlakat yosh aql sohiblari nufuzli olimpiadalarda 128 ta medal, jumladan, 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, aql bovar qilmaydigan natijalarga erishdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

“Ularning koʻpchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari boʻyicha ustunlik qilib, eʼtirofga sazovor boʻlishdi. Bu Oʻzbekiston tarixidagi rekord koʻrsatkich boʻlib, bundan barchamiz cheksiz faxrlanamiz. Yosh qahramonlarimizni chin qalbimdan tabriklayman, bildirilgan ishonch va qoʻllab-quvvatlash uchun esa ustozlar hamda ota-onalarga minnatdorlik izhor etaman. Bu muvaffaqiyat gʻalabalarga toʻla katta yoʻlning boshlanishi boʻlsin. Oʻzbekiston kelajagi yoshlar qoʻlida!” — deya taʼkidladi Mirziyoyeva.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.