O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 60 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston

Yil boshidan buyon O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $59,4 mlrdni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan o‘sgan.

Foto: Illustrativ / Shutterstock

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 59,4 milliard dollarni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,6% ga oshgan.

Eksport hajmi 24,2 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 4,4 foizga oshdi. Import esa 35,1 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga oshdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.