Asrorjon Akramovich Asqarov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ilgari u shu kompaniyada boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning avvalgi rahbari Ulug‘bek Mustafoyev yaqinda Jizzax viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.