Ijtimoiy himoya milliy agentligi bir oyda qariyb bir million kam taʼminlangan oilani moliyaviy qoʻllab-quvvatladi

O‘zbekiston

Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2024-yil dekabr oyida kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 450 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratdi.

Foto: Vaziyatga oid / Sergey Generalov / “Взгляд.uz”

2024-yil dekabr oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Xalq banki” AJ orqali 898,9 ming kam taʼminlangan oilaga 450,5 mlrd soʻm miqdorida toʻliq mablagʻ ajratildi.

Shundan 840,2 ming oila (jami nafaqa oluvchilarning 93,5 foizi) nafaqalarni bank kartalari orqali olgan.

Qonunchilik talablariga koʻra, joriy oy uchun toʻlovlar pul shaklida nafaqa oluvchi oilalarga oyning 27-sanasiga qadar “Xalq banki”ning mobil kassalari orqali yetkaziladi.

Maʼlumot uchun: joriy yilning noyabr oyida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi 82,9 mingta yangi kam taʼminlangan oilani qamrab oldi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.