Dronlar Qozonga hujum qildi: turar-joy binolari va sanoat korxonasiga zarar yetdi

Dunyo

21-dekabr kuni ertalab uchuvchisiz uchish apparatlari Qozonga hujum qildi. Dronlar hujumi natijasida turar-joy binolari va sanoat korxonalari zarar ko‘rgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, biroq ommaviy axborot vositalarida bir necha kishi jarohatlangani aytilmoqda. Rasmiylar aholini evakuatsiya qildi va shahar ayeroportini vaqtincha yopdi.

Foto: TASS

21-dekabr kuni ertalab Qozon dronlar hujumiga uchradi. Tatariston rasmiylariga ko‘ra, hujumda kamida sakkizta dron ishtirok etgan. Ulardan oltitasi turar-joy binosiga, bittasi sanoat obektiga, yana bittasi daryo ustiga qulab tushgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi soat 7:50 da Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Tataristonda bitta ukrainalik dronni yo‘q qilganini tasdiqladi.

Turar-joy binolari va sanoat zonalaridagi shikastlanishlar

Qozon meriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, dronlar shaharning Sovet, Kirov va Privoljsk tumanlaridagi turar-joy binolariga zarba bergan. Ikki dron Albert Kamaleyev prospektidagi 37 qavatli “Moviy osmon” uyiga borib urildi. Yana ikkitasi Orenburg traktidagi 23 qavatli “Manhetten” turar-joy majmuasiga kelib tushdi. Dronlardan biri Klara Setkin ko‘chasidagi to‘rt qavatli uyning tomini shikastlagan.

Baza Telegram kanali, shuningdek, Yukozinskaya, Xadi Taktash va Qizil pozisiya ko‘chalaridagi uylarga zarbalar tushgani haqida xabar bermoqda.

UUA hujumi fonida Qozon aholisi metroga yashirindi | Foto: Baza Telegram kanali

Evakuatsiya va aholi xavfsizligi

Tatariston hukumati hujum oqibatida qurbonlar yo‘qligini ma’lum qildi, ammo Shot telegram kanali oynalarning singanidan jarohat olgan uch kishi haqida xabar bermoqda.

Shikastlangan uylar aholisi va korxona xodimlari evakuatsiya qilindi. Shuningdek, Qozondagi maktablarda tanlab evakuatsiya o‘tkazildi. Ba’zi ta’lim muassasalarida bolalarni vaqtincha yerto‘lalarga tushirishdi.

Hujum paytida mahalliy aholi metroga yashiringan.

Transport va ommaviy tadbirlardagi cheklovlar

Qozon ayeroporti vaqtincha yopildi. Rosaviatsiya reyslarni qabul qilish va jo‘natishga cheklovlar kiritdi. Bundan tashqari, “Gilam” rejasi joriy etilgan Ijevsk ayeroporti ham xuddi shunday choralarni ko‘rdi.

Tatariston hukumati 21-22 dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinganini e’lon qildi.

Mintaqadagi vaziyat nazoratda bo‘lib, hodisa tafsilotlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.