Toshkentdan respublika hududlariga qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu Yangi yil bayrami oldidan sayohatlarga bo‘lgan talabning oshishi bilan bog‘liq.
20-31 dekabr kunlari “Toshkent” avtovokzalidan kunlik 53 ta reysdan tashqari, 20 dan ortiq qo‘shimcha shaharlararo reyslar tashkil etiladi. Ular poytaxtdan Navoiy, Zomir, Jo‘qorg‘on, Shahrisabz, Qarshi, Qorako‘l, Termiz, Denov, Gʻuzor va Uzun shaharlariga jo‘naydi.
Chiptalar narxi yo‘nalishga qarab 75 ming so‘mdan 203 ming so‘mgacha o‘zgarib turadi.