Bir qator o‘g‘irliklarda gumonlangan o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan Toshkentga deportatsiya qilindi

O‘zbekiston

O‘zbekiston fuqarosi Turkiyadan Toshkentga deportatsiya qilindi. 2020 yildan beri u bir qator o‘g‘irliklarni uyushtirganlikda gumon qilinib, qidiruvda bo‘lgan.

O‘zbekiston fuqarosi Turkiyadan Toshkentga deportatsiya qilindi. 2020 yildan beri u bir qator o‘g‘irliklarni uyushtirganlikda gumon qilinib, qidiruvda bo‘lgan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli ayol ikki mamlakat Ichki ishlar vazirliklari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma operatsiya davomida qo‘lga olingan.

Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoki ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalari bilan bog‘lanishlari mumkin.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.