Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar sovuqda qolib ketgan avtobusdan evakuatsiya qilindi

O‘zbekiston

Qozog‘istonda sovuq tufayli yo‘lda to‘xtab qolgan avtobusdan 52 kishi, jumladan bir bola evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya qilinganlar orasida bir bola ham bor edi.

Orda xabar berishicha, 21-dekabr kuni Qozog‘istonda o‘nlab o‘zbekistonliklar avtobusda qattiq sovuqda qolib ketgan.

Voqea 21-dekabrga o‘tar kechasi Oqto‘be viloyati Irgiz tumanidagi “Samara — Chimkent” trassasida yuz bergan. Yo‘lovchi avtobusining nosozligi tufayli odamlar sovuqdan halok bo‘lishiga oz qolgan. Qutqaruvchilar 52 nafar yo‘lovchini, shu jumladan bir bolani avtobusdan Irgiz qishlog‘idagi eng yaqin isitish punktiga ko‘chirgan.

Yo‘lovchilarning ko‘pchiligi O‘zbekiston, 6 nafari esa Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. Hech kimga tibbiy yordam talab etilmagan. Xabar qilinishicha, yo‘lovchilar boshqa avtobusda manzillariga jo‘nab ketishgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.