“Xudo xohlasa, zapravkalar doimiy ishlash rejimiga o‘tadi” — Energetika vazirligi

O‘zbekiston

Energetika vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, tez orada O‘zbekistondagi barcha AGTKSHlar tunu kun ishlashga o‘tishi mumkin. Avvalroq vazirlik gaz ta’minotida aholi va ijtimoiy obektlarga ustuvorlik berilishini ta’kidlagandi.

Foto: Vaziyatga oid / Sputnik / Avenir Deberdeyev

Kelasi haftadan O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan metanli AGTKSHlar 24 soatlik ish rejimiga qaytishi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev norasmiy ma’lum qildi.

“Quvurlardagi bosimga qarab, haftaning oxirigacha AGTKSHlar 24 soatlik ish rejimiga qaytadi. Xudo xohlasa”, — deb yozdi vazirlik vakili ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq quvurlarda gaz bosimining pasayishi munosabati bilan iste’mol yuqori bo‘lgan hududlarda gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan edi. Energetika vazirligi aholi va ijtimoiy soha obektlarini gaz bilan ta’minlash ustuvorligini ta’kidladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.