Yangi rekord: O‘zbekistonda avtoraqam 75 ming dollarga sotildi

O‘zbekiston

24-dekabr kuni “01 888 BBB” rusumli avtoraqam auksion orqali 965 mln so‘mdan ortiq narxda sotildi. Savdo boshlanganidan beri narx deyarli uch baravar oshdi. Endilikda u O‘zbekistondagi yuridik shaxslar uchun “chiroyli” avtoraqamlarning eng qimmatidir.

Foto: Illyustratsiya

24-dekabr kuni 01 888 BBB raqamli avtomobil ausionda 965,25 mln so‘mga (Markaziy bankning shu vaqtdagi kursi bo‘yicha 74,81 ming AQSH dollari) sotildi. Bu haqda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasidagi manba “Взгляд.uz”ga ma’lum qildi.

Savdolar boshlanganidan buyon lotning narxi uch baravarga — 337,5 million so‘mdan oshdi. Endilikda bu O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun eng qimmat va “namunali” avtomobil nomeri hisoblanadi.

Yangi egada yo‘l harakati xavfsizligi tizimida raqamni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bir oy vaqt bor. Shu bilan birga, u 48 768 750 so‘m komissiya yig‘imi to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil oktyabr oyida 01 777 RRR avtomobil raqami 893,97 mln so‘mga (Markaziy bankning shu sanadagi kursi bo‘yicha 73,27 ming AQSH dollari) kimoshdi savdosida sotilgandi. Bugungi kunga qadar u eng qimmat hisoblangan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.