O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgda bo‘ladi.
Mamlakatimiz yetakchisi 25-26-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
Sammitlar kun tartibidan mazkur ko‘p tomonlama birlashmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinadi va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiladi.