Qozog‘iston SSV: samolyot Aktau shahriga qulaganida 12 kishi, jumladan, bir bola omon qolgan

Dunyo

12 kishi, shu jumladan bir bola Aktaudagi samolyot qulashi joyidan kasalxonaga yotqizilgan. Ular turli tan jarohatlari bilan Mang‘istau viloyat shifoxonasiga yetkazilgan. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi halokat oqibatida jabrlanganlar ro‘yxatini tayyorlamoqda.

Samolyot qulagan joydan 12 kishi, shu jumladan bir bola kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Tengrinews Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti Qozog‘iston g‘arbidagi Aktau shahri ayeroportida halokatga uchradi.

Hozirda avariya joyida qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda.

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Aktauda samolyot qulashi oqibatida olti kishi tirik qolganini ma’lum qildi. Samolyot bortida jami 62 kishi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Aktaudagi samolyot qulagan joydan 12 kishi (ulardan biri bola) turli jarohatlar bilan Aktaudagi Mang‘istau viloyat shifoxonasiga olib ketildi, deb yozadi Sputnik Ozarbayjon viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Boku — Grozniy yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan AZAL samolyoti Kaspiy dengizi ustida “SOS” signalini berdi. Keyin u Qozog‘istonga yo‘l oldi va u yerda Aktau ayeroporti hududida halokatga uchradi.

Halokatga samolyotning qushlar galasi bilan to‘qnashuvi sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.