1 AQSH dollari Eron qora bozorida 790 000 - 795 000 riyol atrofida sotilmoqda, bu rekord darajada past ko‘rsatkichdir. Donald Tramp AQSH prezidenti etib saylangandan beri Eron riyoli o‘z qiymatining 15 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi.
Eron milliy valyutasi qiymatining keskin pasayishi mamlakat fuqarolarining kundalik hayotiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eronliklar riyolda maosh olishlari sababli ularning xarid qobiliyati pasayadi, bu esa talabni kamaytiradi, shuningdek, ishlab chiqarishning qisqarishiga va iqtisodiy faollikning pasayishiga olib keladi.
Eronda o‘rtacha oylik maosh taxminan 40 million riyolga yetadi va hozirgi kursda bu taxminan 50 AQSH dollariga teng.
Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon parlamentga milliy valyutani yangilash, ya’ni keskin qadrsizlanayotgan eron riyoli o‘rniga tuman valyutasiga o‘tish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi.
Pul islohotining tarkibiy qismi sifatida milliy valyutani 10 000:1 nisbatida denominatsiyalash rejalashtirilgan. Riyol nomini «Tuman» ga o‘zgartirib, banknotalardan ortiqcha 4 ta nol olib tashlanadi. Qonun loyihasi 21 dekabr kuni deputatlarga taqdim etilgan.