Buyuk gersog Anri hokimiyatni o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Giyomga o‘tkazadi

Dunyo

Buyuk gersog Anri o‘g‘li Giyom foydasiga taxtdan voz kechish rejasini e’lon qildi. Hokimiyatni topshirish marosimi 2025-yil oktyabrga mo‘ljallangan. Monarxning qarori mamlakatni yangi avlod qo‘liga topshirish istagi bilan bog‘liq.

Foto: tv Lux

Lyuksemburgning buyuk gersogi Anri taxtni tark etishini va hokimiyatni o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li valiahd shahzoda Giyomga o‘tkazishini e’lon qildi. Bu haqda u Lux TV telekanalida efirga uzatilgan Rojdestvo murojaatida ma’lum qildi.

Vakolatlarni topshirish marosimi 2025 yil 3 oktyabrda bo‘lib o‘tadi. 69 yoshli monarx o‘z bayonotida o‘z o‘rnini keyingi avlodga bo‘shatib berish vaqti kelganini ta’kidladi.

“Bu yoshdagi ko‘plab hamtabaalarim kabi men ham ketaman. Bu tabiiy qadam”, — dedi u.

Anri 2000-yildan beri taxtda o‘tirgan, ammo 2008-yildan beri uning vakolatlari tantanali funksiyalar bilan cheklangan. Uning vorisi, 43 yoshli shahzoda Giyom keyingi buyuk gersog bo‘ladi.

Aholisi 669 mingga yaqin bo‘lgan Lyuksemburg o‘z iqtisodiyotida moliya sektorining asosiy roli tufayli Yevropaning eng boy davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Giyom (Vilgelm) 1981-yil 11-noyabrda tug‘ilgan. Lyuksemburg Buyuk Gertsogi Anri va Mariya-Tereza Mestrening birinchi farzandi. Lyuksemburg taxtining vorisi. Uning rasmiy unvonlari — valiahd buyuk gersog, shahzoda Nassau, Parma shahzodasi. U doimiy ravishda chet el safarlarida ota-onasi nomidan vakillik vazifalarini bajaradi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.