O‘zbekistonda yil davomida 1,4 trln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi

O‘zbekiston

2024-yil davomida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 8289 ta holat aniqlangan. Energiya resurslarining noqonuniy iste’mol qilinishi davlatga 1 trln 409 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

2024-yilda O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 8289 ta holat aniqlangan.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida davlatga yetkazilgan zarar 730,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Qoidabuzarliklar 91 ta mayning fermasi, 184 ta AGTKSh va 1422 ta nasos stansiyasida qayd etilgan.

57 ta gaz quyish shoxobchasi, 64 ta issiqxona va 5 ta ohak ishlab chiqarish syexlari tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 679,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan 51 ta gaz to‘ldirish kompressor stansiyasidagi tekshiruvlar natijasida litsenziyalar bekor qilindi.

Neft mahsulotlari sifatini tekshirish davomida 189 ta holat standartlarga nomuvofiqligi aniqlandi. 5,3 million litr sifatsiz neft mahsulotlarining bozorga kirib kelishining oldi olindi.

Iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun 9084 ta ma’muriy ish bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.