NASA Rojdestvo archasi shaklida joylashgan yulduzlar to‘dasining suratini namoyish etdi

Texno

NASA tashqi ko‘rinishi Rojdestvo archasiga o‘xshagan NGC 2264 yulduzlar to‘dasining suratini e’lon qildi. Tasvir “Chandra” rentgen observatoriyasi ma’lumotlari va Maykl Klou optik teleskopi yordamida yaratilgan bo‘lib, bu to‘dani yorqin ranglarda ko‘rsatish imkonini berdi.

Foto: Nasa

Amerika kosmik agentligi NASA Rojdestvo archasiga o‘xshagan NGC 2264 yulduzlar to‘dasining ajoyib suratini e’lon qildi.

Tasvir “Chandra” rentgen observatoriyasi va astrofotograf Maykl Klouning optik teleskopi orqali olingan ma’lumotlardan foydalanib yaratilgan. Qizil, binafsha, ko‘k va oq ranglarning spektrlari "Chandra" tomonidan qayd etilgan, yashil tuslar esa Klou teleskopi tomonidan qo‘shilgan.

“Qor parchalari to‘dasi” nomi bilan ham tanilgan bu to‘dani 1784-yilda astronom Uilyam Gershel kashf etgan. U Yerdan 2500 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan va besh million yildan yosh bo‘lgan yulduzlardan tashkil topgan.

Foto: Wikipedia

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.