Ozon o‘zbekistonliklar uchun yanvar oyi oxirigacha bepul ekspress yetkazib berishni taklif qildi

O‘zbekiston

Ozon marketpleysi O‘zbekistonda 500 grammgacha bo‘lgan tovarlar uchun bepul ekspress-yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi, u yanvar oyining oxirigacha amal qiladi. Tashabbus qishki noqulay ob-havo va yangi yil bayramlari paytida buyurtmalarni qabul qilishni tezlashtirish va mijozlarning xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.

Foto: Ozon

Ozon marketpleysi O‘zbekistondagi foydalanuvchilar uchun vazni 500 grammgacha bo‘lgan tovarlarni bepul tezkor yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning respublikadagi rahbari Jamshid Zohidov Kursiv Uzbekistan nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror qishda ob-havoning yomonlashishini hisobga olgan holda qabul qilingan. Bu buyurtmalarni yetkazib berishni tezlashtiradi va yangi yil arafasida mijozlarning xarajatlarini kamaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyidan boshlab Ozon orqali buyurtma qilingan tovarlarni UzPost bo‘limlarida olish mumkin. Rossiyadan O‘zbekistonga yetkazib berish taxminan ikki hafta davom etadi va bepul bo‘ladi. Bugungi kunda respublikada o‘nta shaharda 685 ta berish shoxobchasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.