O‘zbekistonda birinchi marta rossiyalik shifokorlar ishtirokida bolaga jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Operatsiyani akademik V.I. Shumakov nomidagi Transplantatsiya va sun’iy organlar markazi mutaxassislari o‘zbekistonlik jarrohlar bilan birgalikda amalga oshirdi.
Bemor surunkali jigar yetishmovchiligi va autoimmun gepatit bilan og‘rigan 15 yoshli o‘smir edi. Jarrohlik amaliyoti Toshkent shahridagi Bolalar milliy tibbiyot markazida o‘tkazildi.
Ayni paytda bolaning ahvoli barqaror deb baholanmoqda, u tibbiy kuzatuv ostida.