Alisher Qodirov Rossiyaga parvozlar xavfsizligi haqida gapirdi: UzAirways vaziyatga izoh berdi

O‘zbekiston

28-dekabr kuni “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Aqtaudagi voqealar fonida UzAirways birinchi navbatda vatandoshlar xavfsizligi haqida o‘ylashi kerakligini aytdi. Aviatashuvchi ayni paytda Rossiya shaharlariga, jumladan, Mahachqal’a va Grozniyga barcha reyslar jadval asosida amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Foto: parliament.gov.uz

28-dekabr, shanba kuni “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Rossiya havo hududi xavfsizligi masalasini ko‘tardi.

U o‘zining Telegram kanalida partiya ushbu masala yuzasidan tushuntirish olish uchun O‘zbekiston Transport vazirligi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga so‘rov yuborishini ma’lum qildi.

“Uzbekistan Airways birinchi o‘rinda vatandoshlarimiz xavfsizligi haqida o‘ylashi kerak”, — deb yozdi u.

Uzbekistan Airways matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda Rossiya shaharlariga, jumladan, Mahachqal’a va Grozniyga barcha reyslar jadval asosida amalga oshirilmoqda, deb yozdiGazeta.uz

Hozirda aviakompaniya Blagoveshchensk, Vladivostok, Grozniy, Maxachkala, Moskva, Yekaterinburg, Irkutsk, Qozon, Krasnodar, Krasnoyarsk, Mineralniye Vodi, Nijnevartovsk, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Perm, Rostov, Samara, Sankt-Peterburg, Sochi, Tyumen, Ufa va Xabarovskka parvozlarni amalga oshiradi.

Toshkentdan Grozniyga parvozlar haftada ikki marta (seshanba va juma kunlari), Mahachqal’aga esa haftada bir marta (payshanba kunlari) amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Checheniston rahbari Ramzan Qodirovdan O‘zbekiston xalqi oldida Allamjonov ishi yuzasidan bergan izohlari uchun uzr so‘ragan edi. Deputat Bosh prokuraturani Checheniston yetakchisining bayonotlariga huquqiy baho berishga chaqirdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.