O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva hamyurtimiz Afro‘za Hamdamovani rapid bo‘yicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi.
Hamdamova ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida 8 ochko bilan 7-o‘rinni egalladi va 22,5 ming dollarlik sovrinni qo‘lga kiritdi.
“Atigi 15 yoshida u musobaqaning haqiqiy sensatsiyasiga aylandi, dunyo reytingining top-20 taligiga kirdi va iqtidor hamda mehnatning chegarasi yo‘qligini isbotladi”, — deb yozdi Mirziyoyeva.