Shavkat Mirziyoyev Muandagi aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jeju Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchraganidan so‘ng Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mokka hamdardlik bildirdi. Bortda 181 kishi bo‘lgan, ulardan faqat ikkitasi omon qolgan.

Foto: “Yonhap” AA

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muan shahrida yuz bergan fojiali aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mokka hamdardlik bildirdi.

“Davlatimiz rahbari Koreya xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, — deb yozdi O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z Telegram kanalida.

Janubiy Koreyaning “Yonhap” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Bangkokdan uchib ketgan Jeju Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti bortida 181 kishi bo‘lgan. Halokat natijasida faqat ikki kishi omon qoldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot shassisiz qo‘nayotgani, uchish-qo‘nish yo‘lagida sirpanayotgani, beton devorga urilib, portlagani va yonib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.