Janubiy Koreyaning Muan aeroportida Jeju Air aviakompaniyasining samolyoti halokatga uchradi

Dunyo

29-dekabr kuni Muan aeroportida Jeju Air samolyoti halokatga uchradi. Yo‘lovchi samolyot chizig‘idan chiqib ketdi va Muan aeroportida yonib ketdi. Bortda 181 kishi bo‘lgan, ulardan 173 nafari halok bo‘lgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Foto: Yonhap News

29- dekabr, yakshanba kuni Janubiy Koreyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Janubiy Cholla provinsiyasida, Seuldan 288 km uzoqlikda joylashgan Muan ayeroportida Jeju Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va to‘siqqa duch kelgan, deb xabar berdi Ryonhap agentligi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9:07 da (Toshkent vaqti bilan 5:07) sodir bo‘lgan. Videotasvirlarda shassisi olib qo‘yilgan samolyot yo‘lak bo‘ylab harakatlanib, devorga urilib, yonib ketgani ko‘rinadi.

7C2216 reysini amalga oshirgan Boeing 737−8AS (ro‘yxatga olish raqami HL8088) 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosini tashidi. Layner Bangkokdan qaytayotgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halokat samolyotda bo‘lgan 173 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Yo‘lovchilarning aksariyati Janubiy Koreya fuqarolari, ikki nafari Tailand fuqarolari bo‘lgan. Hodisa joyida qutqaruv ishlari davom ettirilib, hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.