Andijon viloyatida “O‘zbekiston” konyagidan zaharlanishning 22 ta holati qayd etilgan, jabrlanganlarning 5 nafari vafot etgan. Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, spirtli ichimliklar solingan shishalarda O‘zbekiston aksiz markalari bo‘lgan.
Hodisalar 22–26-dekabr kunlari sodir bo‘lgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 5 nafar bemorni qutqarishning imkoni bo‘lmadi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlarini viloyat prokuraturasi tergovchilari boshchiligidagi tezkor-tergov guruhi olib bormoqda. Uning tarkibiga IIB departamenti va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari kiritildi.
Avvalroq, xabarda butilkalarda aksiz markalari yo‘qligi xato ko‘rsatilgan edi.