Belgiya Yevropa Ittifoqida birinchi bo‘lib veyplar sotuvini taqiqlaydi

Dunyo

Belgiya Yevropa Ittifoqining bir martalik veyplar savdosi taqiqlanadigan ilk davlati bo‘ladi. Rasmiylarning fikricha, yorqin dizayn va meva ta’mlari yoshlarni o‘ziga jalb qiladi va chekishni boshlashga yordam beradi. Yangi qonun 2025-yil yanvarda kuchga kiradi.

Foto: BB News

2025-yil yanvaridan Belgiyada bir martalik elektron sigaretalar (veyplar) savdosiga taqiq kuchga kiradi. Qaror davlat statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat yosh chekuvchilar an’anaviy sigaretalardan emas, balki veyplardan boshlashadi, deb xabar beradi BB News.

Belgiya Yevropa Ittifoqining bunday taqiq joriy etilgan birinchi davlati bo‘ladi. Sog‘liqni saqlash vaziri Frank Vandenbrukning ta’kidlashicha, bir martalik veyplarning yorqin dizayni yoshlarni jalb qilish uchun maxsus yaratilgan.

Tarafdorlarning veyplar chekishni tashlashga yordam berishi haqidagi bayonotlariga qaramay, sog‘liqni saqlash mutaxassislari ularning rang-barang dizayni va mevali ta’mlari tufayli bolalar orasida mashhurligidan xavotir bildirmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.