Rossiya hududida ota-onasining qarovisiz qolgan 15 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ishchi guruh a’zolari Rossiyaning turli hududlarida bo‘lib, barcha zarur hujjatlarni to‘plashdi.
Bolalar Moskvadagi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy reabilitatsiya markazlariga yetkazildi va keyin O‘zbekistonga qaytarildi. Elchixona vatanga qaytish uchun sertifikatlarni bepul rasmiylashtirdi.
Voyaga yetmaganlar qarindoshlari vasiyligiga, shuningdek, mamlakatdagi maxsus bolalar muassasalariga topshirildi.