Marhum jurnalistning singlisi prezident va Saida Mirziyoyevaga murojaat qildi

O‘zbekiston

2024-yil sentyabr oyida vafot etgan Dunyo bo‘ylab telekanali jurnalistining singlisi O‘zbekiston prezidenti va Saida Mirziyoyevaga uzoq davom etgan tergovga aralashishni so‘rab murojaat qildi. Uning ta’kidlashicha, opasi vafot etgan “Doktor Servis” klinikasi nufuzli futbolchi Server Jeparovga tegishli.

Фото: кадр из видеообращения / соцсети

Diana Irtug‘anova prezident va Saida Mirziyoyevaga murojaat qildi.

Marhuma jurnalist Ramina Yagafarovaning singlisi Diana Irtug‘anova prezident Shavkat Mirziyoyev va uning yordamchisi Saida Mirziyoyevaga opasining o‘limi bo‘yicha tergovga aralashishni so‘rab murojaat qilgan.

Irtug‘anovaning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganiga qaramay, tergov cho‘zilib ketmoqda va ekspertizalar “Doktor Servis” klinikasi shifokorlarining aybini tasdiqlagan. Uning ta’kidlashicha, klinika egasi taniqli futbolchi Server Jeparov bo‘lib, u tergovga ta’sir qilish uchun o‘z aloqalaridan foydalanishi mumkin.

Irtug‘anova qonunlar nima uchun oddiy fuqarolarni himoya qilmayotganidan hayratda ekanligini bildirib, aybdorlarni javobgarlikka tortishda yordam so‘ragan.

Dunyo bo‘ylab telekanalining “Своими глазами” ko‘rsatuvi boshlovchisi Ramina Yagafarova 2024-yil 13-sentyabr kuni 31 yoshida Toshkent shahridagi xususiy klinikalardan birida vafot etgandi. O‘lim sababi sifatida levofloksasin antibiotigiga allergik reaksiya natijasida yuzaga kelgan anafilaktik shok ko‘rsatilgan, ammo Diana Irtug‘anova bu tashxis va tibbiyot xodimlarining harakatlariga shubha bilan qaramoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.