Alisher Usmonovning boyligi 6,34 mlrd dollarga qisqardi

O‘zbekiston

Rossiyaning 25 nafar eng boy fuqarosining umumiy boyligi 347,62 mlrd dollarga yetdi, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 15,8 foizini tashkil qiladi. Vladimir Lisin boyligining o‘sishi bo‘yicha yetakchi bo‘ldi va uni 5,05 mlrd dollarga oshirdi, Alisher Usmonov esa eng katta yo‘qotishlarga uchradi — 6,34 mlrd dollar.

Foto: tass.ru

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Rossiyaning eng boy 25 nafar fuqarosining umumiy boyligi 18,5 milliard dollarga oshib, 347,62 milliard dollarga yetdi, bu Rossiya yalpi ichki mahsulotining 15,8 foizini tashkil qiladi. Ro‘yxat yetakchilari Vladimir Potanin (31,8 mlrd dollar), Vladimir Lisin (29 mlrd dollar) va Vagit Alekperov (27,2 mlrd dollar) bo‘ldi. Reytingda Pavel Durov ($11 mlrd) va Tatyana Kim ($7,37 mlrd) ham bor.

Yil davomida boylikning eng katta o‘sishini Vladimir Lisin (+5,05 mlrd dollar), Aleksey Mordashov (+3,3 mlrd dollar) va Mixail Proxorov (+2,68 mlrd dollar) namoyish etdi. Shu bilan birga, eng katta zararni Alisher Usmonov (-6,34 mlrd dollar), Gennadiy Timchenko (-3,17 mlrd dollar) va Leonid Mixelson (-2,67 mlrd dollar) ko‘rgan.

Jahon reytingida Ilon Mask ($423 mlrd), Jeff Bezos ($239 mlrd) va Mark Sukerberg ($207 mlrd) yetakchilik qilmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.